Nega Markaziy Osiyo şaharlarida havo ifloslanişi kuçaymoqda?
Sönggi haftalarda Toşkent, Bişkek, Duşanbe va Qozoğistonning bir qator yirik şaharlarida atmosfera havosi sifatining yomonlaşişi yana kun tartibiga çiqdi. Havoda mayda çang zarraçalarining köpayişi, tutun va tuman aralaş holatning yuzaga kelişi, ifloslantiruvçi moddalarning yerga yaqin qatlamda töplanişi aholi salomatligi va şaharlarning ekologik barqarorligi bilan boğliq jiddiy savollarni örtaga qöymoqda.
Eʼtiborli jihati, bu holat faqat bir şahar yoki mamlakatga xos emas. Özbekiston Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tahliliga köra, joriy yil 26-oktabr kuni monitoring qamrab olgan Markaziy Osiyoning sakkizta yirik şahrining oltitasida havo sifati indeksi 100 balldan oşgan. Xususan, Bişkekda 160, Toşkentda 157, Çimkentda 149, Qarağanda va Duşanbe şaharlarida 134 ball qayd etilgan. Öşa kuni Bişkek havosi jahondagi eng iflos şaharlar röyxatida törtinçi örinda ekanligi körsatilgan.
Bu raqamlar mintaqadagi ekologik vaziyatni faqat mahalliy çiqindilar bilan izohlab bölmasligini körsatadi. Xöş, havo sifatining yomonlaşişiga qanday omillar sabab bölmoqda?

Mutaxassislar fikriça, kuz-qiş mavsumida havo tarkibida zararli moddalar köpayişining muhim sabablaridan biri – haroratning teskari taqsimlanişidir. Odatda, Yer yuzasiga yaqin havo isib, yuqoriga kötariladi va atmosfera qatlamlari örtasida tabiiy almaşinuv yuz beradi. Bunday şaroitda ifloslantiruvçi moddalar ham yuqori qatlamlarga tarqaladi.
Haroratning teskari taqsimlanişi kuzatilganda esa Yerga yaqin sovuq havo qatlami ustidan iliq havo joylaşadi. Natijada havo aylanişi çeklanib, transport, sanoat va isitiş tizimlaridan çiqadigan zararli moddalar şahar ustida töplanib qoladi.
Iqlimşunos Erkin Abdulahatov izohlariga köra, oktabr oyining sönggi ön kunligida antitsiklon şaroiti, şamol tezligining pasayişi va yoğingarçilikning kamligi ifloslantiruvçi moddalar tarqalişini qiyinlaştirgan.
Toşkentda 21-oktabr kuni kunlik örtaça havo sifati indeksi 93 ball bölgan bölsa, 26-oktabrga kelib 164 ballga yetgan. Bu beş kun içida körsatkiç qariyb 76 foizga oşganini anglatadi. Demak, havodagi zararli moddalar miqdoriga çiqindi manbalari bilan bir qatorda meteorologik şaroit ham bevosita taʼsir körsatadi.
Kioto universiteti dotsenti Timur Xöjanazarov taʼkidlaşiça, Markaziy Osiyoda haroratning global örtaça körsatkiçdan tezroq kötarilişi, quruq davrlarning uzayişi va qum-çang böronlarining köpayişi mavjud ekologik muammolarni oğirlaştirmoqda. Şu bois, havo ifloslanişini faqat sanoat korxonalari yoki avtomobillar soni bilan boğlaş bir tomonlama yondaşuv böladi. Tabiiy havo aylanişi va iqlim özgarişlari ham bu jarayonning muhim qismi hisoblanadi.
Çang zarraçalari: tabiat taʼsiri va inson omili
Mintaqamiz geografik jihatdan çöl va yarim çöllar bilan öralgan. Qoraqum, Qizilqum, Orolqum hamda boşqa qurğoqçil hududlardan kötarilgan çang havo oqimlari orqali şaharlarga yetib kelişi mumkin. Şuning uçun atmosferadagi mayda zarraçalarning barçasini şahar içidagi faoliyat bilan izohlaş töğri emas. Çangning tabiiy kelib çiqişi inson faoliyatining taʼsirini kamaytirmaydi. Aksinça, ikki omil bir vaqtda taʼsir körsatganda vaziyat yanada murakkablaşadi.

Buni Toşkentda 2026-yil 12-16-oktabr kunlari Olmazor, Yunusobod va Mirzo Uluğbek tumanlarida olingan PM2.5 namunalarining laboratoriya tahlili ham tasdiqlaydi. Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti maʼlumotlariga köra, mayda zarraçalar tarkibida tabiiy çang uluşi örtaça 39,7 foizni, sanoat, transport va energetikada yoqilği yoqilişi bilan boğliq çiqindilar hissasi esa 42,6 foizni taşkil etgan.
Bu körsatkiçlar havo sifatini yaxşilaş uçun şahar içidagi ifloslantiruvçi manbalarni çeklaş, çöllaniş va çang köçişiga qarşi mintaqaviy çoralarni kuçaytiriş zarurligini körsatadi.
Isitiş tizimlari, transport va sanoat bosimi
Jahon bankining Toşkent şahri havosi sifatini baholaşga bağişlangan tadqiqotiga köra, poytaxtda inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan PM2.5 ifloslanişining asosiy manbalari isitiş tizimlari – 28 foiz, transport – 16 foiz va sanoat – 13 foizni taşkil etadi. Yoz mavsumida esa şamol kötargan çang va çegaralararo manbalarning uluşi 36 foizga yetadi.
Ayniqsa, kuz-qiş davrida kömir va boşqa qattiq yoqilğilardan foydalaniş, eskirgan isitiş uskunalari, issiqxonalar hamda sanoat obʼektlaridagi havoni tozalaş qurilmalarining samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Avtomobillardan çiqadigan gazlar esa yil davomida atmosfera tarkibiga salbiy taʼsir körsatadi.
Bu muammo mintaqaning boşqa şaharlarida ham kuzatilmoqda. Qirğiz Respublikasi Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vazirligining 2026-yil 7-oktabrdagi maʼlumotiga köra, Bişkekda yil boşidan buyon atmosferaga meʼyordan ortiq zararli moddalar çiqargan transport vositalariga nisbatan 150 ta bayonnoma rasmiylaştirilgan. Qoidabuzarlarga qariyb 2 million som jarima solingan. Şuningdek, poytaxtda mayda fraksiyali kömirdan foydalaniş va uni sotişning oldini oliş böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda.
Bişkek şahar hokimligi maʼlumotlariga köra, poytaxtda 1447 ta gazda işlaydigan va 120 ta elektr avtobusi xizmat körsatmoqda. Issiqlik elektr markazidagi havoni tozalaş uskunalarini taʼmirlaş va takomillaştiriş işlari ham olib borilmoqda. Bu çoralar transport va energetika manbalarining ekologik taʼsirini kamaytirişga qaratilgan.
Qozoğistonning Olmaota şahrida ham havo sifatiga transport, xususiy sektordagi kömir yoqiş va sanoat çiqindilari taʼsir körsatadi. “Qazgidromet” kuzatuvlari hamda mahalliy ekologik idoralar maʼlumotlarida avtomobillardan çiqadigan zararli gazlar şahar havosini ifloslantiruvçi muhim manbalardan biri sifatida qayd etilgan. Şaharning toğlar bilan öralgan geografik joylaşuvi va haroratning teskari taqsimlanişi esa ifloslantiruvçi moddalar tarqalişini qiyinlaştiradi.
PM2.5 – közga körinmaydigan xavf

Havo ifloslanişi haqidagi bahslarda PM2.5 va PM10 atamalari tez-tez uçraydi. Ular havoda muallaq holda harakatlanadigan mayda zarraçalarning ölçamini bildiradi. PM10 diametri 10 mikrometrgaça, PM2.5 esa 2,5 mikrometrgaça bölgan zarraçalarni anglatadi. Ayniqsa, PM2.5 xavfli hisoblanadi. U nafas yöllarining çuqur qismlarigaça yetib borişi, yurak-qon tomir va nafas oliş tizimi kasalliklari xavfini oşirişi mumkin. Bolalar, keksalar va surunkali kasalliklari bor insonlar bunday taʼsirga nisbatan köproq zaif böladi.
Jahon bankining Markaziy Osiyoda havo sifatini boşqariş böyiça mintaqaviy hisobotida 2021-yilda hududda 65 mingdan ortiq muddatidan oldingi ölim atrof-muhit havosidagi PM2.5 ifloslanişi bilan boğliq ekani qayd etilgan. Bu muammoning nafaqat ekologik, balki jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ham borligini körsatadi.
Duşanbedagi vaziyat ham alohida eʼtiborga molik. Tojikiston Gidrometeorologiya agentligining 2-noyabr kuni eʼlon qilingan ekologik şarhiga köra, poytaxtda PM10 zarraçalarining örtaça kunlik konsentratsiyasi meʼyorning 0,88 dan 1,38 baravarigaça oşgan. Şu bilan birga, ayrim boşqa ifloslantiruvçi moddalar körsatkiçlarida ham ösiş qayd etilgan. Agentlik öşa kuni respublika şaharlarida yuqori va favqulodda yuqori darajadagi ifloslaniş holatlari kuzatilmaganini maʼlum qilgan.
Bu örinda bir jihatni hisobga oliş lozim: turli mamlakatlarda qöllanadigan milliy meʼyorlar va xalqaro havo sifati indekslari bir-biridan farq qilişi mumkin. Şu sababli raqamlarni qiyoslaşda ölçov usuli, vaqt oraliği va meʼyoriy asos ham inobatga olinişi kerak.
Muammo çegara bilmaydi
Jahon bankining Markaziy Osiyoda havo sifatini boşqariş hisobotiga köra, mintaqaning yirik şaharlarida PM2.5 konsentratsiyasi, ayniqsa, qiş oylarida JSST tavsiya etgan körsatkiçlardan 6-12 baravar yuqori bölişi mumkin. Taşkilot tahlilida maişiy va tijorat binolarini yoqilği yordamida isitiş, avtomobil transporti, sanoat hamda çang böronlari asosiy taʼsir etuvçi omillar sifatida körsatilgan.

Hisobotda havo ifloslanişiga qarşi kuraşda yagona şahar yoki mamlakat doirasidagi çoralar yetarli emasligi taʼkidlanadi. Atmosfera oqimlari davlat çegaralariga böysunmaydi. Bir hududda kötarilgan çang yoki havoga çiqarilgan ifloslantiruvçi moddalar boşqa ölkalarga ham yetib borişi mumkin. Şu bois, monitoring maʼlumotlarini özaro almaşiş, yagona yondaşuv asosida çiqindilarni hisobga oliş va ekologik siyosatni muvofiqlaştiriş muhim.
Özbekistonda havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan “Toza havo” loyihasi, avtomatik kuzatuv stansiyalarini köpaytiriş, sanoat obʼektlarida havoni tozalaş tizimlarini takomillaştiriş va transport çiqindilarini kamaytiriş çoralari şu yönalişdagi işlar sirasiga kiradi. Bu taşabbuslarning samarasi ularning izçil amalga oşirilişi, nazoratning şaffofligi va natijalarning oçiq eʼlon qilinişiga boğliq.
Eng muhimi, havo ifloslanişini mavsumiy muammo sifatida qabul qilib, faqat tutun va çang köpaygan kunlarda çora köriş bilan çeklanib bölmaydi. Isitiş tizimlarini zamonaviylaştiriş, jamoat transportini rivojlantiriş, sanoat çiqindilarini qatʼiy nazorat qiliş, quriliş maydonlarida çang tarqalişining oldini oliş, yaşil hududlarni asraş va köpaytiriş uzoq muddatli ekologik siyosatning ustuvor yönalişlariga aylanişi zarur.
Binobarin, toza havo faqat tabiat muhofazasi masalasi emas. U şaharlarning barqaror rivojlanişi, aholi salomatligi va kelajak avlodlar hayot sifati bilan bevosita boğliq.
Musulmon Ziyo, ÖzA