Xorazmlik regbiçilar Özbekiston kubogi sohibi
Toşkent şahridagi Sergeli tumani sport maktabi stadionida yoşlar (U-20) örtasida regbi-7 böyiça Özbekiston kubogi bahslari bölib ötdi.
Ikki kun davom etgan keskin va murosasiz bellaşuvlar yakunida ğolib va sovrindor jamoalar aniqlandi.
Yakuniy natijalarga köra, yigitlar örtasida Navoiy viloyati terma jamoasi uçinçi, Namangan viloyati terma jamoasi ikkinçi örinni egallagan bölsa, Xorazm viloyati terma jamoasi şohsupaning eng yuksak örnini egalladi.
Qizlar örtasida ham birinçi örinni Xorazm viloyati Boğot şahridagi maktab-internat jamoasi egalladi. Şuningdek, ikkinçi örinni ham Xorazm viloyati terma jamoasi qizlari egalladi. Uçinçi örin esa Qoraqalpoğiston Respublikasining regbiçi qizlaridan iborat terma jamoaga nasib etdi.
Maʼlumot örnida, joriy yilning 20–23-oktabr kunlari Toşkent şahrida ötkazilgan 20 yoşgaça bölgan sportçilar örtasida regbi-7 böyiça Özbekiston çempionatida ham Xorazm viloyati vakillari yuqori natijalarni qayd etib, oltin, kumuş va bronza medallarini qölga kiritişgan edi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri