Toşkent viloyatida rahbarlik lavozimi evaziga pul olgan şaxs uşlandi
Davlat lavozimi – şaxsiy manfaat orttiriş yoki moddiy boylikka ega böliş vositasi emas. Afsuski, ayrim şaxslar taniş-bilişçilik va soxta vaʼdalar orqali lavozimga tayinlaş jarayoniga taʼsir ötkazişga uringan.
Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining viloyat boşqarmasi hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbirda 1979-yilda tuğilgan A.A. yuqori turuvçi taşkilotlarda işlovçi yaqin tanişlari orqali fuqaroni viloyatdagi tumanlarning birida tibbiyot birlaşmasi rahbarligiga tayinlanişiga kömaklaşişni vaʼda qilib, buning evaziga undan 9 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Mazkur holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi. Unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanildi.
A.Musayev, ÖzA