Xorazmda “Jasorat maktablari”ga qabul imtihonlari boshlandi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyatida 2026/2027 o‘quv yili uchun “Jasorat maktablari”ning 5-sinfiga qabul bo‘yicha saralash test sinovlari o‘tkazilmoqda.
Joriy o‘quv yilida viloyatda faoliyat yuritayotgan 13 ta “Jasorat maktabi” uchun 338 ta qabul kvotasi ajratilgan. Mazkur o‘rinlar uchun 1 ming 869 nafar talabgor hujjat topshirgan.
[gallery-30194]
Test sinovlari davomida nomzodlarning bilim va qobiliyati belgilangan tartib asosida baholanib, eng yuqori natija qayd etgan talabgorlar qabulning keyingi bosqichida ishtirok etadi.
Test jarayonlari ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA