Xorazmda bazaltni qayta işlaş quvvati oşirilmoqda
Xorazm viloyatidagi «Khorezm Insulation Group» korxonasi quriliş materiallari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Bu yerda bazalt toşi qayta işlanib, «Thermo Plus» savdo belgisi ostida issiqlik va tovuş izolyatsiyasi uçun möljallangan plitalar tayyorlanmoqda.
Korxonaning asosiy xomaşyosi — Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Qoratau toğlaridan qazib olinadigan bazalt. Uni qayta işlaşda Germaniya, Turkiya va Rossiyadan keltirilgan texnologik uskunalardan foydalaniladi. Plitalar binolarda issiqlikni saqlaş, energiya sarfini kamaytiriş va şovqin darajasini pasaytirişga xizmat qiladi.
Ayni paytda korxonada işlab çiqariş quvvatini oşiriş va yangi texnologiyalarni joriy etiş böyiça loyihalar amalga oşirilmoqda. Bu işlar mahalliy quriliş materiallari işlab çiqariş hajmini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş va eksport imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.
[gallery-32591]
Behzod SAIDOV (surat), ÖzA