Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati örganildi
Namangan viloyati Pop tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari jadal olib borilmoqda.
Viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov tumandagi Temir yöl mahallasida joylaşgan markaziy kömir omborida bölib, aholiga kömir yetkazib beriş va tarqatiş jarayoni bilan tanişdi. Şuningdek, 15-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida isitiş tizimining holati va mavsumga tayyorgarlik darajasini közdan keçirdi.
Maʼlum qilinişiça, joriy kuz-qiş mavsumida tuman aholisini 24 ming 362 tonna kömir bilan taʼminlaş rejalaştirilgan. Bugungi kunga qadar 8 ming 839 tonna kömir yetkazib berilgan bölib, reja ijrosi 36 foizni taşkil etmoqda.
Jumladan, 5 ming 937 tonna kömir mahalliy tadbirkorlar, 2 ming 902 tonnasi esa importyorlar tomonidan yetkazib berilgan.
[gallery-32604]
Örganiş davomida kömir taʼminotini belgilangan grafik asosida taşkil etiş, yoqilğini aholiga öz vaqtida yetkazib beriş hamda ijtimoiy soha muassasalarida isitiş tizimlarining barqaror işlaşini taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA