Xorazm qovuni: ilm-fan yutuqlari bilan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylanmoqda
FOTOREPORTAJ
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti olimlari va talabalari Xorazmning mashhur qovun navlarini chuqur qayta ishlash, ular asosida eksportbop va raqobatbardosh yangi turdagi mahsulotlar yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Loyiha doirasida qovundan tabiiy sharbatlar, marmelad, muzqaymoq, tabiiy qiyom, quritilgan mahsulotlar tayyorlash, shuningdek, mahsulotlarning saqlanish muddatini uzaytirishga xizmat qiluvchi biopolimer qoplamalar yaratish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Olimlar qovun urug‘idan olinadigan moyning tarkibi va uning foydali xususiyatlarini ham ilmiy asosda o‘rganayapti.
[gallery-30617]
Ushbu ilmiy ishlanmalar qovun xomashyosidan samarali va chiqindisiz foydalanish, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, eksportbop yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish hamda agrosanoat sohasida innovatsion yechimlarni keng joriy etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA