Xorazm jamoasi Prezident olimpiadasida yana peşqadam
Bugun, 5-noyabr kuni “Prezident olimpiadasi”ning öninçi musobaqalar kunida sportçilar 6 ta yönalişda öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazişadi.
Xususan, Çirçiqdagi Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport majmuasida yoş boksçilar yarim final janglarida iştirok etsa, “Olimpiya şaharçasi” sport maydonlarida taekvondo, suziş, tennis, sohil voleyboli, velosport bahslari, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazida golbol musobaqalari taşkil etilib, kuçlilar aniqlanadi.

Ortda qolgan töqqizinçi kungi şiddatli bellaşuvlar sarhisobiga köra, umumjamoada Xorazm viloyati jamoasi medallar jamğarişda samarqandliklarni ortda qoldirdi.
Pahlavon Mahmud yurtdoşlari 21 ta oltin, 13 ta kumuş va 18 ta bronza medali bilan turnir jadvalida yetakçiga aylandi. Samarqand viloyati vakillari 20 ta oltin, 16 ta kumuş va 18 ta bronza medali bilan ikkinçi poğonani band etib turibdi.

Bugungaça “Prezident olimpiadasi”ning umumiy hisobda 166 ta medallar jamlanmasi öz egalariga topşirildi.
Tölqin Röziyev, ÖzA