Xonobod — limonçilar qişloği
Farğona viloyatining Yozyovon tumanida issiqxonadan yaxşi daromad körayotgan köplab tadbirkorlar topiladi. Ulardan biri “Soyyoni” mahalla fuqoralar yiğinidagi issiqxona — “Far sitrus” fermer xöjaligi rahbari, “Şuhrat” medali sohibi Hikmatjon Jörayevdir.
Mahallada bir neça yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, limonçilikka ixtisoslaşgan bu issiqxonaning bunyod bölişida Hikmatjonning padari buzrukvori, rahmatli Yusufjon otaning xizmatlari katta bölgan. Bugun otaning işini farzandlar davom ettirişyapti.

Fermer xöjaligi issiqxonasidan bu yil kamida 25 tonna limon hosili oliş möljallanmoqda. Bundan taşqari, Limonçilar qişloği nomi bilan yuritiluvçi Xonobodda 90 foiz aholining tomorqasida issiqxona bor. Ularda yiliga 4-5 ming tonna limon yetiştiriladi.

Limonçi tadbirkorlar ayni paytda issiqxonadagi pişgan limonlarni uzib, saqlaş uçun muzlatkiçlarga joylaşayapti. Vaqti bilan bu limonlar mahalliy bozorlarda sotiladi, şuningdek, xorijga eksport qilinadi.

Turob Niyozov, ÖzA