Özbekiston sut sanoatida quvvat bor, xomaşyo yetişmaydi (+video)
Toşkent viloyatining Parkent tumanida joylaşgan korxona sutkasiga 200 tonna sutni qayta işlaş quvvatiga ega bölsa-da, hozirda imkoniyatdan töliq foydalanilmayapti. Jurnalistlar uçun taşkil etilgan media-tur davomida aynan şu korxona misolida Özbekiston sut tarmoğining sönggi ön yildagi rivojlaniş tendensiyalari va oldida turgan muammolar örganildi.
Mazkur tadbir Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi hamda «Çorvaçilik sohasini barqaror rivojlantirişni moliyalaştiriş» loyihasini amalga oşiriş guruhi hamkorligida uyuştirildi.
Parkentdagi sutni qayta işlaş korxonasi 2013-yilda röyxatdan ötgan bölib, bugungi kunda sut, qaymoq, sariyoğ kabi 10 turdagi mahsulot işlab çiqaradi. Qayta işlaş quvvati sutkasiga 200 tonnani taşkil etadi. Hozirgi yuklama kuniga 100 tonna. Korxonaga tegişli çorva fermasida 400 boş golştin zotli qoramol parvariş qilinadi. Bundan taşqari, beşta hududdagi yigirmata fermer va dehqon xöjaliklaridan mahsulot yetkazib beriladi. Respublikamizning barça hududlariga tayyor mahsulot tarqatiladi. Korxonaga jami 30 milliard söm sarflangan bölib, şundan Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) «Çorvaçilik sohasini barqaror rivojlantirişni moliyalaştiriş» loyihasi doirasida 4 milliard söm mablağ ajratilgan. Korxona töliq avtomatlaştirilgan va 60 iş örni yaratilgan.
Respublikamizda sut işlab çiqariş tarmoğining 10 yilligini qiyosiy tahlil qiladigan bölsak, 2026-yilning birinçi yarmida 5.1 mln tonna sut tayyorlangan bölib, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 101.5 foizni taşkil etadi. Qayd etiş joizki, xom sutning 88.3 foizi hanuz dehqon va xonadon xöjaliklari, 9.1 foizi fermerlar va qolgani yirik korxonalar hissasiga töğri keladi.
Sut işlab çiqariş dinamikasi sekinlaşmoqda
2010–2016-yillarda örtaça yillik ösiş taxminan 7,8 foizni taşkil etgan bölsa, 2016–2024-yillarda bu körsatkiç 3,1 foizga tuşgan. Tarmoqdagi asosiy yuk hanuz dehqon va xonadon xöjaliklari zimmasida qolmoqda, bu esa mahsulot sifati va sanoat hajmlarining bir xilligini taʼminlaşda qiyinçiliklar tuğdirmoqda. Parkentdagi korxona zamonaviy texnologiyalar va yuqori quvvatga ega bölsa-da, uning respublika miqyosidagi uluşi hali juda kiçik. Bugun ana şunday gigant korxonalardan respublikada yana 4 tasi mavjud.
Aholi xonadonlarida yetiştiradigan sut mahsulotlari köpinça sterillanmaydi, laboratoriya tekşiruvidan ötmaydi. Saqlaş muddati ham kam. Uşbu korxonada esa mahsulot töliq laboratoriya nazoratidan ötkazilib, aholiga xavfsiz yetkazib beriladi. Eng muhimi saqlaş muddati 6 oyni taşkil etadi.
Aholi bozorga olib çiqadigan sut mahsulotlarining bir litri bugun bozorlarimizda 8 ming sömdan, baʼzan 10-12 ming sömdan sotilmoqda. Ularda soliqlar, transport va iş kuçiga sarflanadigan xarajatlar juda kam. Biroq, sut zavodi uşbu tölovlarni amalga oşirib, elektr energiya sarflab, mutaxassislarni işlatib, katta xarajatlar qilsa-da, narx-navo bozordagilar bilan bir xil. Dökonlarda esa xuddi şu mahsulotlarning qadoqlangani, yaʼni isteʼmolga tayyori örtaça 5 ming söm qimmatroq realizatsiya qilinadi. Demak, aholi köproq qöldan olişga majbur bölyapti.
Raqamlardan körinib turibdiki, aholidan xomaşyoni qabul qiliş va tayyor mahsulotni realizatsiya qilişda tizim yaratiş zarurati bor. Şunda bunday korxonalarning sonini keskin oşiriş mumkin. Buning uçun xomaşyo bazasini kengaytiriş va fermer xöjaliklari bilan hamkorlikni çuqurlaştiriş muhim ahamiyatga ega.
Sanjar Toşpölatov,
Nişonboy Abduvoitov (video),
Uluğbek Töxtayev,
ÖzA