Xolifildning qo‘lqopi auksionda sotildi
"Kim oshdi?" savdosida afsonaviy bokschi Evander Xolifildga tegishli mashhur qizil qo‘lqop sotildi, deya xabar bermoqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tizimidagi "insidethegames" sayti.
Ushbu charm qo‘lqop bilan Xolifild Mayk Taysonni mag‘lubiyatga uchratib, chempionlikni tantana qilgan. Aynan o‘sha tarixiy jang davomida temir Mayk raqibining qulog‘ini tishlab olgan edi.
Xullas, Evander Xolifildga jahon chempionligini taqdim etgan bir juft qo‘lqop auksionda 38 704 dollarga sotildi, deyiladi xabarda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA