Xodim qamalsa, mehnat şartnomasi qaçon bekor böladi?
Huquqiy munosabatAmaliyotda xodimning tösatdan işga çiqmay qolişi va keyinçalik uning huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan qölga olingani yoki qamoqqa olingani maʼlum bölişi köplab iş beruvçilarni sarosimaga solib qöyadi. Bunday vaziyatda korxona rahbariyati va kadrlar bölimi xodimlari odatda ikkita yirik xatoga yöl qöyişadi: birinçisi — vaziyatga töliq oydinlik kiritmasdan turib, xodimni «sababsiz işga kelmaganlik» (progul) vaji bilan darhol işdan böşatişga şoşiliş, ikkinçisi esa — aksinça, huquqiy mexanizmlarni bilmagani sababli ştat birligini oylab böş uşlab turiş va hujjatlarni rasmiylaştirişda çalkaşib qoliş.
Xöş, bunday xolatda qanday yöl tutiş kerak?
Toşkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev bu borada quyidagiça tuşunça berdi:
–Agar xodimga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, sud hukmi qonuniy kuçga kirgan bölsa, mehnat şartnomasi bekor qilinadi. Ammo tergov davridagi ehtiyot çorasi yoki maʼmuriy qamoq holatlarida şartnoma darhol bekor qilinmaydi.
Avvalo uşbu vaziyatda biz ikki xil tuşunçani ajratib olişimiz lozim: yaʼni, xodim sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilişi va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olinişi.
Jinoyat protsessual kodeksining 242- moddasiga asosan ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa oliş Jinoyat kodeksida uç yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uçun Jinoyat kodeksida beş yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir işlar böyiça qöllaniladi deb belgilab qöyilgan.
Mehnat kodeksining 168- moddasi birinçi qismi 3-bandiga köra, xodim sudning qaysi hukmi bilan avvalgi işini davom ettiriş imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan bölsa, öşa sud hukmining qonuniy kuçga kirgani, şuningdek sudning qaroriga binoan xodimning ixtisoslaştirilgan davolaş-profilaktika muassasasiga yuborilgani munosabati bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş mumkin.
Demak, xodim bajarayotgan işini amalga oşiriş imkonini bermaydigan sud hukmi bilan qamoqqa olinsagina mehnat şartnomasi bekor böladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA