Xitoy tajribasi asosida kambağallik qisqartiriladi
Jizzax viloyatida Xitoy tajribasi asosida kambağallikni qisqartiriş va qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan yangi hamkorlik taşabbuslari muhokama qilindi. Tomonlar agrosanoat loyihasini amalga oşiriş böyiça memorandum imzolaşga kelişdi.
Bugun hududlar iqtisodiy salohiyatini oşirişda xorijiy investitsiyalar va ilğor tajribani jalb etiş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişdan tortib, tayyor mahsulot sifatida taşqi bozorga çiqarişgaça bölgan jarayonlarni birlaştiriş dolzarbdir.

Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Mustafoyev viloyat hokimligida Xitoy delegatsiyasi vakillari bilan uçraşdi. Muloqotda “Janubiy hamkorlik moliya markazi” boş kotibi, “Gonkong Dunin moliya guruhi” raisi Vu Çjun iştirok etdi.
Suhbatda Xitoy tajribasidan foydalanib, kambağallikni qisqartiriş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi. Vu Çjun hamkorlik istiqbollarini yuqori baholab, «Biz Jizzax viloyatining salohiyatiga işonamiz va kambağallikni qisqartiriş böyiça tajribamiz bilan örtoqlaşiş uçun yaqin kunlarda öz vakilimizni maslahatçi sifatida yuboramiz» dedi.

Şuningdek, “Şanghai Yutian” kompaniyasi vakillari bilan qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va eksport qiliş istiqbollari muhokama etildi. Muzokaralarda yetiştiriş, quritiş va qadoqlaş jarayonlarini qamrab oluvçi agrosanoat loyihasini taşkil etiş taklifi ilgari surildi.
Taşabbus doirasida yagona işlab çiqariş zanjirini şakllantiriş, yangi iş örinlari oçiş va aholi daromadlarini oşiriş közda tutilmoqda. Şu orqali Jizzax mahsulotlarini Amerika, Yevropa va Xitoy bozorlariga eksport qiliş imkoniyatlari ham kengayadi.

Uçraşuvda tomonlar ilğor texnologiyalarni joriy etiş, investitsiyalarni jalb qiliş va özaro manfaatli aloqalarni rivojlantirişga tayyorligini bildirdi. Muloqot yakunida agrosanoat sohasida hamkorlikni yölga qöyiş böyiça memorandum imzolaşga kelişib olindi.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri