Sovun sexi faoliyati töxtatildi
Mamlakatimizda tadbirkorlarni öz faoliyatini emin-erkin faoliyat yuritişlari uçun barça imkoniyat va şart-şaroitlar muhayyo etilgan. Faqat biznes subʼektlari öz işlab-çiqariş jarayonlarini atrof-muhitga va odamlarga zarar yetkazmagan holda amalga oşirişi taqozo qilinadi.
Keyingi paytlarda Namangan şahrininng Davlatobod tumanidagi Porloq mahallasida istiqomat qiluvçi fuqarolar hududdagi sovun sexidan tarqalayotgan badböy hidga köp eʼtiroz bildirayotgandi.

Uşbu joyda xöjalik sovuni işlab çiqaruvçi "Hao sanoat" xususiy korxonasida vakolatli organni xabardor qiliş orqali Namangan viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi – Ekopolitsiya tomonidan maxsus reyd-nazorat tadbiri ötkazildi.
Örganiş davomida tabiatga salbiy taʼsiri, xususan, atmosfera havosiga zararli taşlamalari böyiça qator kamçiliklar aniqlandi.

Laboratoriya tahlillari asosida tekşirilganida kimyoviy körsatkiçlar belgilangan meʼyordan yuqoriligi hamda ekologik ekspertiza talablariga oid ijobiy xulosa mavjudmasligi, çang-gaz tutuvçi zamonaviy uskunasi, yaʼni, filtr yöqligi aniqlandi. Şu sababli obʼekt vaqtinça muhrlandi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri