Şirinlik fabrikasidagi “aççiq” yakun
Indoneziyada şirinlik işlab çiqariş fabrikada sodir bölgan yonğin oqibatida kamida 24 kişi halok böldi. Qariyb 30 odam bedarak yöqolgan. Qutqaruvçilar hamon vayrona ostida qolganlarni izlayapti.
Hodisa şanba kuni keçqurun poytaxt Jakartadan taxminan bir soatlik masofadagi Banten viloyati Çikande tumanida joylaşgan “PT Fonusa Agung Mulia” korxonasida sodir bölgan. Dastlabki maʼlumotga köra, fojia havo sovutgiç simi qisqa tutaşuvi ortidan kelib çiqqan. Öşa payt hududda 300 ga yaqin işçi bor edi. Rasmiylar yonğin xavfsizligi talabiga qay darajada rioya etilganini ham tekşirmoqda.
Qidiruv işiga beqaror holatga kelgan qurilmalar, ayrim joylarda saqlanib qolgan yonğin öçoği xalaqit beryapti. Hozirgaça 29 kişi omon qolgani aniqlandi. Ulardan 5 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlar şaxsini taşqi körinişidan aniqlaş imkoni yöqligi sababli, politsiya DNK namunalarini yiğmoqda. Bu jarayon bir neça hafta davom etişi mumkin.
Musulmon Ziyo, ÖzA