Xitoy bilan ijodiy hamkorlik rivojlanmoqda
Shu kunlarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya a’zolari safar davomida Sian Tasviriy san’at akademiyasida bo‘lib, akademiya rahbariyati bilan badiiy ta’lim, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.


Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ijodiy loyihalar va ko‘rgazmalar tashkil etish, akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlari hamda innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar bildirildi.


Uchrashuv yakunida ta’lim, ilm-fan va ijodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA