Xavyer Miley: «Argentinaga hasad qilishadi»
Suratga «Yashasin Argentina!» degan izoh biriktirilgan.
Argentina prezidenti Xavyer Miley JCH–2026 davomida va undan keyin Argentina terma jamoasiga qaratilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
Argentina mundial finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani kumush medallar bilan yakunlagan edi.
“Argentina bilan bog‘liq muammo shundaki, biz yorqinmiz, bizni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bizga hasad qilishadi va deyarli hamma sohada kuchlimiz. Kechirasiz, lekin buni kimdir aytishi kerak edi. Keling, xolis bo‘laylik”, — deb yozdi Miley ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Shuningdek, davlat rahbari sun’iy intellekt yordamida yaratilgan suratni ham e’lon qildi. Unda Miley ko‘ylagini ochib, Argentina terma jamoasi futbolkasini namoyish etmoqda.
Suratga «Yashasin Argentina!» degan izoh biriktirilgan.