Xavi Riberini Qatarga taklif qildi
Myunxenning “Bavariya” klubi aʼzosi, fransiyalik Frank Riberi faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi
Myunxenning “Bavariya” klubi aʼzosi, fransiyalik Frank Riberi faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.
Yarim himoyachiga “Al-Sadd” klubi qiziqish bildirmoqda. Mashhur ispaniyalik Xavi toʻp suradigan jamoa mavsum yakuniga yetganidan soʻng Riberini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Aynan Xavi fransiyalik 35 yoshli yarim himoyachini Qatarga taklif qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Riberi mavsum yakuniga yetganidan soʻng “Bavariya”ni tark etish niyatida ekanini maʼlum qilgandi.