Xalqaro turnir bosh sovrini “Bunyodkor”da!
Qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida kechgan musobaqalar yakunida “Bunyodkor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, yoshlar terma jamoalari hamda professional futbol klublariga iqtidorli va istiqbolli yosh futbolchilarni tanlab olish, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish maqsadida o‘tkazilgan “Kelajak sari” xalqaro turniri o‘z poyoniga yetdi.

Unda mamlakatimizdagi 14ta hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari bilan bir qatorda “Lokomotiv” hamda “Chig‘atoy” futbol maktablari, shuningdek qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi yoshlar terma jamoasi hamda Qozog‘istonning Olmaota shahri “Narxoz” futbol klubi, qolaversa O‘zbekiston U-19 terma jamoasi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida kechgan musobaqalar yakunida “Bunyodkor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular hal qiluvchi bahsda Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan 1-0 hisobida ustun keldi.

3-o‘rin esa “Lokomotiv” bolalar-o‘smirlar futbol maktabi jamoasiga nasib etdi. Ular hal qiluvchi bahsda “Chig‘atoy” futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini 2-1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“Kelajak sari” xalqaro turniri g‘oliblari:
7-8-o‘rinlar uchun
Namangan BO‘FA – Farg‘ona BO‘FA – 5:4
5-6-o‘rinlar uchun
Qirg‘iziston yo.t.j. – Navoiy BO‘FA – 2:0
3-4-o‘rinlar uchun
“Chig‘atoy” – “Lokomotiv” – 1:2
1-2 o‘rinlar uchun
Andijon BO‘FA – “Bunyodkor” – 0:1
Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan taqdirlandi.