Xalqaro talablar asosida takomillaştiriladi
Buxoroda 2027-yilda ötkazilişi rejalaştirilgan xalqaro sammitlar oldidan hududning har bir sohasida puxta tayyorgarlik köriş, mavjud imkoniyatlarni işga soliş va infratuzilmani xalqaro mezonlarga muvofiq takomillaştiriş muhim vazifalardan biriga aylanmoqda.
Bu jarayonda bojxona tizimi zimmasiga ham alohida masʼuliyat yuklanadi. Zero, xalqaro tadbirlar arafasida mamlakatga kirib kelayotgan mehmonlar, tadbirkorlar, xorijiy delegatsiyalar va yuk taşuvçilar uçun yaratilgan şaroitlar, çegaradagi xizmatlar tezkorligi hamda boşqaruv samaradorligi hududning xalqaro imijiga bevosita taʼsir körsatadi.
Bojxona qömitasi Raisi örinbosari O. Ibragimov boşçiligidagi işçi guruh hududda dastlabki örganiş işlarini olib bordi.
Örganişlar davomida boşqarma tasarrufidagi infratuzilma obʼektlarini rekonstruksiya qiliş, hududni obodonlaştiriş, xodimlar uçun zamonaviy mehnat şaroitlarini yaratiş va ilğor boşqaruv mexanizmlarini joriy etiş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Dastlab boşqarmaning maʼmuriy binosi közdan keçirildi. Uning taşqi va içki qiyofasini “Yangi Özbekiston” ruhiga mos ravişda yangilaş, iş xonalarini zamonaviy talablar asosida jihozlaş, xodimlar uçun qulay mehnat muhitini şakllantiriş hamda hududni kökalamzorlaştiriş böyiça takliflar muhokama qilindi.
Şuningdek, boşqarma hududida xodimlarning jismoniy faolligini qöllab-quvvatlaş maqsadida futbol maydonçasi barpo etiş, yonğin xavfsizligi talablaridan kelib çiqib, zarur suv zaxirasini taʼminlaydigan maxsus hovuz quriş rejalaştirilgan. Bu kabi taşabbuslar nafaqat infratuzilmani yaxşilaş, balki xodimlar uçun soğlom va xavfsiz mehnat muhitini yaratişga ham xizmat qiladi.

Örganiş jarayonida boşqarmada zamonaviy Situatsion markaz taşkil etiş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada ilğor tajribani örganiş maqsadida işçi guruh Buxoro viloyati hokimligining Situatsion markazi faoliyati bilan tanişdi.
Unda axborotlarni jamlaş va tahlil qiliş, hududdagi vaziyatni real vaqt rejimida kuzatiş, jarayonlarni muvofiqlaştiriş hamda tezkor boşqaruv qarorlarini qabul qiliş mexanizmlari örganildi. Mazkur tajribani bojxona tizimining öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqib joriy etiş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi.
Zero, bugungi kunda bojxona faoliyatida tezkorlik va aniqlik bilan bir qatorda, raqamli texnologiyalardan samarali foydalaniş, maʼlumotlarni markazlaşgan holda tahlil qiliş va yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarga öz vaqtida munosabat bildiriş ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi Situatsion markaz ana şu vazifalarni bir nuqtadan muvofiqlaştiriş, xizmat jarayonlari ustidan monitoringni kuçaytiriş va axborot almaşinuvini takomillaştirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Işçi guruhning keyingi manzili “Olot” çegara bojxona posti böldi. Bu yerda çegara infratuzilmasini takomillaştiriş, ötkazuvçanlik salohiyatini oşiriş va fuqarolar hamda yuk taşuvçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan işlar közdan keçirildi.

Xususan, post hududida piyodalar harakatlanadigan yölaklar ustiga quyoş va yoğingarçilikdan himoyalovçi soyabon qoplamalar örnatiş işlari bilan tanişildi. Bu, bir qaraşda, oddiy qulaylikdek tuyulişi mumkin. Biroq çegaradan ötuvçi fuqarolar uçun kutiş jarayonida qulay şaroit yaratiş, xizmat körsatiş sifatini oşiriş va inson manfaatlarini taʼminlaş nuqtai nazaridan bunday işlar muhim ahamiyatga ega.
Şu bilan birga, transport vositalari oqimini samarali taşkil etiş, bojxona nazorati jarayonlarini tezlaştiriş va postning ötkazuvçanlik imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça amaliy takliflar körib çiqildi.
Ayniqsa, Özbekiston Respublikasidan çiqiş yönalişida ham inspeksiya-körik majmuasi (IKM) örnatiş taklifi eʼtiborga molik. Amalda çiqiş yönalişida skanerdan ötkazilişi lozim bölgan yuk avtotransport vositalarini kiriş yönalişidagi IKMga qayta yönaltiriş zarurati mavjud. Yangi majmua taşkil etilişi esa bunday transport vositalarini bevosita çiqiş yönalişining özida körikdan ötkaziş imkonini beradi. Buning natijasida ortiqça harakatlaniş va vaqt sarfi qisqarişi, bojxona nazorati tezlaşişi, transport oqimini tartibga soliş hamda post hududida tirbandliklarning oldini oliş imkoniyatlari kengayadi. Eng muhimi, çegaradan ötiş jarayonida qulaylik va tezkorlikni taʼminlaş bilan birga, nazorat samaradorligini ham saqlab qolişga erişiladi.
Taʼkidlaş joizki, “Olot” çegara bojxona posti mamlakatimizning taşqi savdo va xalqaro transport-logistika aloqalarida muhim örin tutadi. Şu bois bu yerdagi har bir infratuzilmaviy özgariş nafaqat post faoliyati, balki taşqi iqtisodiy aloqalarning uzluksizligi va tadbirkorlar uçun qulay işbilarmonlik muhitini taʼminlaş nuqtai nazaridan ham ahamiyatlidir.

Umuman, amalga oşirilayotgan dastlabki örganişlar Buxoro viloyati bojxona tizimidagi yangilanişlar faqat binolarni taʼmirlaş yoki hududni obodonlaştiriş bilan çeklanmasligini körsatmoqda. Asosiy eʼtibor infratuzilmani zamonaviylaştiriş, xizmat jarayonlarini raqamlaştiriş, nazorat samaradorligini oşiriş va inson uçun qulay şaroit yaratişga qaratilgan.
Çunki xalqaro sammitlarga tayyorgarlik — bu faqat tadbir ötkaziladigan maydonlar va mehmonlar taşrifi bilan boğliq taşkiliy işlar emas. Bu avvalo, hududning barça sohalarida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş, mavjud imkoniyatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş va erişilgan özgarişlarni uzoq yillar davomida aholi hamda iqtisodiyot manfaatlariga xizmat qildira oliş demakdir. Buxoro bojxona tizimida belgilanayotgan vazifalar ham ana şu maqsadga qaratilgan. Bugun boşlangan örganiş va rejalaştiriş işlari ertangi kunning zamonaviy, tezkor va samarali bojxona xizmatini şakllantirişga qaratilgan muhim qadamlardan biridir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri