Xalqaro sertifikatlarning muddatlari uzaytirildi
"BMB Holding" korxonalarining xalqaro standartlarga muvofiqligi navbatdagi tekşiruvlarda tasdiqlandi. Natijada uçta korxonaning AQŞ FDA röyxatidan ötganlik sertifikatlari 2027-yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi.

Xususan, xolding tarkibidagi “BMB-Opera Zafferano”, “BMB Shifo” hamda “BMB Agro Plus” korxonalarining muvofiqlik körsatkiçlari qayta baholandi. Tekşiruv jarayonida mahsulot yetiştiriş va qayta işlaşning barça bosqiçlari qamrab olindi.

Jumladan, agrotexnik parvariş, hosilni yiğiş, saralaş, qayta işlaş, saqlaş va qadoqlaş jarayonlari örganildi. Mutaxassislar işlab çiqarişning töliq texnologik zanjirini belgilangan talablar asosida baholadi.

Yakuniy natijalar korxonalar faoliyatining xalqaro talablarga muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi. Sertifikatlar muddatining uzaytirilişi mahsulotlarning AQŞ bozoridagi mavqeini mustahkamlaş uçun muhim ahamiyatga ega.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri