Bugungi tayyorgarlik – ertangi barqarorlik
Qiş fasli yaqinlaşgan sari aholi xonadonlari, taʼlim va tibbiyot muassasalari hamda ijtimoiy soha obʼektlarini issiqlik bilan barqaror taʼminlaş masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, iqlim şaroiti keskin bölgan Uçquduq tumanida bu boradagi tayyorgarlik işlari alohida masʼuliyat va puxta rejalaştirişni talab qiladi.
Bugungi kunda “Issiqlik taʼminoti” MÇJ Uçquduq filiali 432 ta köp qavatli uydagi 9 ming 145 ta xonadonda yaşovçi 31 ming 223 nafar aholiga, şuningdek, 15 ta byudjet taşkiloti va 16 ta ulgurji isteʼmolçiga xizmat körsatadi. Uşbu masʼuliyatli vazifalarni 146 nafar işçi-xizmatçi bajarib kelmoqda.
– 1962-yilda qurilgan qozonxonada bugungi kunda 6 ta qozon mavjud. Bu esa yillar davomida şakllangan infratuzilmani asrab-avaylaş, uning texnik holatini yaxşilaş va zamonaviy talablar asosida yangilab boriş zaruratini yanada oşiradi, – deydi filial rahbari Davron Norqulov. - 2026-2027-yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida filial tomonidan belgilangan reja asosida şahar issiqlik tarmoqlarining 1,4 km qismini joriy taʼmirlaş belgilangan edi. Amalda esa 1,431 km tarmoq taʼmirlanib, reja 102 foizga bajarildi. Taʼmirlaş işlari faqat quvurlarni yangilaş bilan çeklanib qolmadi. Şahar issiqlik markazi qozonxonasida ham qator muhim texnik tadbirlar amalga oşirildi. Jumladan, 1- va 3-sonli qozonlarning ekonomayzerlari quvurlaridan 4,74 km qismi yangilandi. 2- va 3-sonli suv isitiş qozonlarida esa diametri 60 mm bölgan 2,37 km quvur örnatiş işlari olib borilmoqda. Qozonxonalarning uzluksiz işlaşini taʼminlaş maqsadida 1-, 2- va 3-sonli qozonlarga tegişli havo söruvçi va havo beruvçi nasoslar texnik körikdan ötkazilib, taʼmirlandi. Şuningdek, qozonlarning taʼminot uzellaridagi 20 ta zulfin va jömraklarga texnik xizmat körsatilib, zarurlari yangilandi.

Issiqlik tarmoğini töldiruvçi va aylantiruvçi nasoslar, ularning kiriş-çiqiş zulfinlari va qaytarma klapanlar ham texnik körikdan ötkazilib, taʼmirlandi. Xususan, tarmoqni töldiruvçi nasoslar uçun 6 ta yangi işçi rotor örnatildi. Qozonxonalardagi issiq suv uzatuvçi seksiya quvurlarining 40 ta zulfin va jömraklari ham taʼmirlandi.
Issiqlik tizimining işonçliligi nafaqat qozonlar va quvurlarning holatiga, balki foydalaniladigan suvning sifatiga ham bevosita boğliq. Şu bois filialda suvni kimyoviy tozalaş tizimiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, 2-, 3-, 4- va 5-sonli natriy-kationim filtrlariga 5 tonna KU-2-8 markali suv tozalovçi smola solindi. Şuningdek, mazkur tizimdagi 38 ta kiriş-çiqiş zulfiniga texnik xizmat körsatilib, taʼmirlaş işlari bajarildi.
Şahar markaziy suv isitiş qozonxonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qiliş böyiça umumiy qiymati 112,07 milliard sömlik yirik loyiha rejalaştirilgan. Mazkur loyihaning amalga oşirilişi eskirgan infratuzilmani yangilaş, issiqlik energiyasini yetkazib berişdagi yöqotişlarni kamaytiriş va isteʼmolçilarga körsatilayotgan xizmat sifatini oşiriş uçun muhim imkoniyat yaratadi.

Loyiha doirasida 2026-2027-yillar davomida şahar böylab jami 43,942 km yangi issiqlik tarmoğini barpo etiş közda tutilgan. Şundan 2026-yil yakuniga qadar 21,386 km tarmoq tortilişi rejalaştirilgan. Hozirgi kunga qadar esa 5,4 km yangi yer usti issiqlik tarmoği qurib bitkazildi.
Yana bir muhim yönaliş Uçquduq tumanida issiqlik taʼminotining töliq yopiq tizimiga ötiş masalasidir. Bu borada loyihalaş topşiriqlarini işlab çiqiş işlari olib borilmoqda. Mazkur vazifa Özbekiston Respublikasi Boş vazirining 2026-yil 27-iyundagi 117-sonli bayonnomasida ham belgilab berilgan. Yopiq tizimga ötiş issiqlik taʼminotining texnologik samaradorligini oşiriş, suv sarfini maqbullaştiriş va tarmoqdagi yöqotişlarni kamaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri