Xalqaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
«O‘zagrosug‘urta» AJ vakillari Chexiya Respublikasining Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti hamda Chexiya Respublikasi konsullari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Mazkur memorandum ta’lim dasturlarini rivojlantirish, ilmiy va amaliy tajriba almashish, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida xodimlar va mutaxassislar uchun kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarni kengaytirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish va xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlari yaratiladi.
Ushbu tashabbus «O‘zagrosug‘urta» AJ xodimlari salohiyatini yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda sohada raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasidagi sa’y-harakatlarining muhim qismi hisoblanadi.
Xalqaro tajriba va ilg‘or bilimlar yangi imkoniyatlar yaratib, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va sug‘urta sohasi rivojiga xizmat qiladi.