WSJ: Faqat 12 davlat ballistik raketa ishlab chiqara oladi
“The Wall Street Journal” nashri yozishicha, Ukrainaning FP-7 ballistik raketasi ilk bor jangovar tarzda qo‘llanishi mamlakat mudofaa sanoati dunyodagi eng zamonaviy sohaga aylanganidan guvohlik beradi.
Endi Ukraina ham shu toifadagi raketa ishlab chiqarayotgan 12 davlat qatoridan joy oldi. Bunday yurtlar safiga AQSH, RF, Eron, Xitoy va Fransiya ham kiradi.
Ballistik raketa ishlab chiqarish juda qimmat, chunki mazkur qurilmalar o‘ta murakkab nishonga olish tizimiga ega va konstruksiyasi o‘ta yuqori haroratga bardosh bera olishi kerak.
Maqolada ta’kidlanishicha, Ukraina harbiy sanoat majmuasi dunyodagi eng innovatsiyali havo, yer usti va dengiz droni, radio signalini o‘chiradigan ilg‘or texnika, shuningdek gaubitsa va ikki turda qanotli raketa yaratdi. Soha rahbariyati ta’kidlashicha, Ukraina zarur miqdorda qurol-yaroq tayyorlash uchun yetarli moliya zaxirasiga ega emas. Mamlakatning o‘z raketa ishlanmalari bor, lekin ishlab chiqarish ko‘lami past bo‘lgani uchun raketalarini cheklangan miqdorda ishlatmoqda.
S.Rahimov O‘zA