G7 bozorni barqarorlashtirish uchun 100 million barrel yonilg‘i zaxirasini iste’molga chiqaradi
G7 mamlakatlari Xalqaro energetika agentligi orqali kelishilgan tarzda 100 million barrel neft va boshqa turdagi zaxirani to‘rt oy davomida iste’molga chiqaradi. “Katta yettilik” yetakchilari dunyo energetika bozorida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilish uchun birgalikda uyushtirgan virtual muloqot yakuni bo‘yicha qabul qilgan bayonot shundan guvohlik beradi.
G7 davlatlari bir-biriga yonilg‘i eksport qilish cheklovidan voz kechish niyatini ham ma’lum qilgan. Bundan tashqari tadbirda Hurmuz bo‘g‘ozi bo‘ylab kema qatnovini tiklashga chaqiriq ham yangradi.
S.Rahimov, O‘zA