“Wiki Loves Earth – 2026” xalqaro fototanloviga start berildi
Joriy yilning 1-iyunidan 1-iyuliga qadar yurtimizda mamlakatimizning tabiiy merosiga bag‘ishlangan “Wiki Loves Earth – 2026” (Viki Yerni sevadi) eng yirik xalqaro fototanlovi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nufuzli tanlovda professional va havaskor fotosuratchilar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov ro‘yxatidagi tabiiy ob’ektlarni yuqori sifatda suratga olish, fotosuratlarni «Wikimedia Commons» platformasiga yuklash, yurtimiz tabiatining betakror go‘zalligini butun dunyoga namoyish etish lozim.
Batafsil ma’lumotni «Viki Yerni sevadi 2026 Oʻzbekiston» rasmiy sahifasi orqali olish mumkin.
Aloqa va tashkiliy masalalar uchun:
Elektron pochta: wleuzb@gmail.com
Telegram: @wikimediauz
O‘zA