Viza suhbatlari to‘xtadi, Hurmuzda taranglik, NASAdan katta yangilik - Xorij xabarlari
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida G‘azoda bolalarga varrak uchirishga ruxsat bermaslik tavsiya etilgani, Nigeriyada masjiddan o‘g‘irlab ketilgan yuzlab odamlarni qutqarish operatsiyasi boshlangani, AQSH butun dunyo bo‘ylab immigratsion vizalar bo‘yicha suhbatlarni vaqtincha to‘xtatgani hamda Pokistondagi shifoxonada yong‘in oqibatida 15 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘lgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi barcha minalardan tozalanganini ma’lum qilgani va NASA Hubble teleskopidan 100 barobar katta ko‘rish maydoniga ega yangi kosmik teleskopni uchirishga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, Salimjon Obidjonov, O‘zA