Vitaliy Denisov: Umid qilamanki, Kolumbiyaning o‘yini chiqmaydi va vakillarimiz bundan unumli foydalanadi
Mutaxassisning ta’kidlashicha, O‘zbekistonni murakkab sinov kutmoqda, chunki raqib kuchli jamoalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov Jahon chempionatida Kolumbiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, O‘zbekistonni murakkab sinov kutmoqda, chunki raqib kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, Denisov ushbu bahs terma jamoamizning haqiqiy salohiyatini ko‘rsatib berishini qayd etdi.
— O‘zbekiston uchrashuvni ikkinchi raqam ostida boshlashi va qarshi hujumlarga tayanishi mumkin. Menimcha, asosiy urg‘u aynan shunga qaratiladi. Umid qilamanki, Kolumbiyaning o‘yini chiqmaydi va vakillarimiz bundan unumli foydalanadi, — dedi Denisov.
O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 18-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.