Verner uchun kurash boshlandi
Germaniyaning “RB Leypsig” klubi forvardi Timo Vernerni oʻz safiga qoʻshish uchun “Bavariya” jiddiy kurash boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Germaniyaning “RB Leypsig” klubi forvardi Timo Vernerni oʻz safiga qoʻshish uchun “Bavariya” jiddiy kurash boshlagani haqida xabar berilgan edi. Biroq, endi Dortmundning “Borussiya” jamoasi ham Verner uchun kurashga qoʻshildi.
Bu futbolchiga shuningdek, Angliyaning “Liverpul” va “Tottenxem” kabi nomdor klublari ham qiziqmoqda. Oʻz navbatida “RB Leypsig” uning transferini 60 mln yevroga baholamoqda.
Aytish lozimki, dortmundliklar Vernerni qoʻlga kiritish uchun “RB Leypsig” qiziqayotgan vinger Maksimilian Filippdan foydalanmoqchi. Ular Vernerning transferiga aynan Filippni ham qoʻshishmoqchi.
Maʼlumot uchun, Verner joriy mavsum jami 21 ta oʻyinda maydonga tushdi va oʻz hisobiga 13 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qoʻyishga erishdi.