Velosportchilar mamlakat chempionatida raqobatlashmoqda
Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda mamlakatimiz velosport federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa poytaxtimizda joylashgan velotrek oʻquv-mashgʻulot majmuasida boʻlib oʻtmoqda.
Toshkent shahrida velotrek boʻyicha 2004-2005 va 2006-2007-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari davom etmoqda.
Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda mamlakatimiz velosport federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa poytaxtimizda joylashgan velotrek oʻquv-mashgʻulot majmuasida boʻlib oʻtmoqda.
Birinchi kungi bahslarda velopoygachilar 500 metr masofada git yoʻnalishi boʻyicha oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazdi. Unda Ruslan Nafiqov va Sofiya Karimova oʻsmirlar oʻrtasida oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Denis Kim hamda Samira Ismailovaga yoshlar orasida teng keladigani topilmadi.
Eslatib oʻtamiz, mamlakat birinchiligi 9-oktyabrga qadar davom etadi.