Vaqtni o‘lchashda inqilob: ilk yadroviy soat yaratildi
Avstriya va Xitoy olimlari dunyoda birinchi yadroviy soatni yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. Ushbu texnologiya vaqtni hozirgidan ham aniqroq o‘lchash va fizikaning o‘zak qonunlarini chuqurroq o‘rganish uchun yangi imkoniyat ochadi.
Oddiy atom soati elektronlar quvvati holati o‘zgarishiga asoslangan, yangi qurilma esa yadrodagi proton va neytronlar harakatini lazer yordamida kuzatadi. Buning uchun mutaxassislar tabiatda kam uchraydigan toriy-229 izotopidan foydalangan. Maxsus ultra binafsha nur yordamida yadrodagi energetik ko‘chish jarayonini boshqarish va barqaror vaqt o‘lchovini olishga erishilgan.
Yangi texnologiya yo‘ldoshdan boshqarish va tele aloqa tizimida vaqtni yanada aniq belgilashga yordam beradi. Eng muhimi, yadroviy soat fizikaning asosiy qonunlarini tekshiradigan yangi vositaga aylanishi ehtimoli yuqori. Mualliflar hozircha mazkur texnologiyaning aniq amaliy qo‘llanishi yo‘nalishini belgilamagan.
Musulmon Ziyo, O‘zA