Vankuver rasmiylari Jahon chempionati oldidan uysizlarni boshqa joyga ko‘chirish haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Vankuver ma’muriyati uysizlarga 100 dollar pul va shimoliy shaharlarga avtobus chiptasi taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Vankuver shahri rasmiy vakillari mahalliy ma’muriyat AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan JCH-2026 arafasida uysizlarni shahardan ommaviy ravishda ko‘chirib yuborayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Bu haqda TNS xabar bermoqda.Ijtimoiy tarmoqlarda Vankuver ma’muriyati uysizlarga 100 dollar pul va shimoliy shaharlarga avtobus chiptasi taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Rasmiylar ushbu da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.Mer idorasining tasdiqlashicha, FIFA talablariga muvofiq, shahar ma’muriyati o‘yinlar o‘tkaziladigan hududlardagi chodir va ayvonlarni kunduzi olib tashlashi shart. Biroq, aholining ushbu qatlamiga tunda parklarda vaqtinchalik boshpanalar qurishga ruxsat beriladi.