Mark Kukurelya jahon chempionatida shov-shuv ko‘tarishi mumkin bo‘lgan ikkita terma jamoani aytdi
Har doim an’anaviy da’vogarlar bo‘ladi, lekin menimcha Niderlandiya bu jahon chempionatida furor ko‘tarishi mumkin.
Ispaniya milliy terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya barchani hayratga solishi mumkin bo‘lgan ikki jamoani taxmin qildi.
"Favoritlarmi? Har doim an’anaviy da’vogarlar bo‘ladi, lekin menimcha Niderlandiya bu jahon chempionatida furor ko‘tarishi mumkin. Yana bir katta natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jamoa deb Ekvadorni aytgan bo‘lardim. Bu terma jamoada yuqori darajadagi saviyali futbolchilar yig‘ilgan", - dedi Mark.
Kukurelya Ispaniya terma jamoasi bilan amaldagi Yevropa chempioni hisoblanadi. U milliy jamoa safida 23ta uchrashuvda ishtirok etishga ulgurgan.