Valiyev Shuxrat Nasimovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Akusherlikda shoshilinch holatlarda optimal jarrohlik yo‘lni tanlash» mavzusida
Valiyev Shuxrat Nasimovichning 14.00.01 - “Akusherlik va ginekologiya” ixtisosligi bo‘yicha «Akusherlikda shoshilinch holatlarda optimal jarrohlik yo‘lni tanlash» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01. raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 10 dekabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.
Tel/faks: (+99866) - 233-30-34
e-mail: ilmiyprorektori@sammu.uz