Ergashev Laziz Bekmurodovichning kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Piroliz jarayoni ikkilamchi xomashyosi asosida atsetilen spirtlarining vinil efirlari sintezi va xossalari» mavzusida
Ergashev Laziz Bekmurodovichning 02.00.14 – «Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi» ixtisosligidan (kimyo fanlari) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Piroliz jarayoni ikkilamchi xomashyosi asosida atsetilen spirtlarining vinil efirlari sintezi va xossalari» mavzusidagi dissertatsiya ishining himoyasi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 29-oktabr soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 210100, Navoiy shahri, G‘alaba Shoh ko‘chasi, 76v-uy.
Tel.: (79) 223-23-32; Faks: (79) 223-49-66.
e-mail: info@nsumt.uz