«Uyğoniş» – isteʼdodlarga qanot bergan tanlov
Yoş qalblarda adabiyotga muhabbat, ezgulik va yaratuvçanlik tuyğularini uyğotgan ijodiy bellaşuvning Respublika bosqiçi yakunlandi.
Inson qalbidagi eng gözal tuyğulardan biri – uyğoniş. Bu faqat tongning yorişi, yangi kunning boşlanişi emas. Bu insonning özini anglaşi, atrofidagi olamga boşqaça nigoh bilan qaraşi, qalbidagi orzu-intilişlarini kaşf etişi demak. Ayniqsa, yoşlikdagi fikr va tafakkur uyğonişi insonning butun hayotiga yöl oçadi.
Yaqinda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamda «Özsanoatqurilişbank» ATB hamkorligida yoşlar örtasida taşkil etilgan «Uyğoniş» tanlovining Respublika bosqiçi va ğoliblarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Mazkur tanlov yoşlarning qalbidagi isteʼdodni yuzaga çiqariş, ularni kitobxonlikka, badiiy tafakkurga, milliy adabiyotimiz va maʼnaviy qadriyatlarimizga yaqinlaştirişga qaratilgan muhim taşabbus sifatida ahamiyat kasb etdi.
Bugun yoşlar hayotida axborot oqimi, zamonaviy texnologiyalar va turli qiziqişlar tobora kengayib bormoqda. Bunday şaroitda ularning qalbida kitobga muhabbat, sözga ehtirom, mustaqil fikrlaş va ijodiy izlanişga intilişni kuçaytiriş alohida ahamiyatga ega.
Zero, kitob öqigan yoşning dunyoqaraşi kengayadi, fikri teranlaşadi, maqsadlari oydinlaşadi. Badiiy adabiyot esa insonni nafaqat öylaş, balki his qiliş, boşqalarning dardini anglaş, hayotga befarq bölmaslikka örgatadi.

«Uyğoniş» tanlovining zamirida ham ana şu ezgu maqsad mujassam. Unda iştirok etgan yoşlar öz bilim va salohiyatini namoyon etiş, ijodiy qobiliyatini sinab köriş, adabiyotga bölgan munosabatini ifoda etiş imkoniyatiga ega böldi.
– Bu kabi ijodiy loyihalar davlatimiz rahbarining taşabbuslari asosida ötkazilmoqda, – dedi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining örinbosari, ustoz şoira Farida Afröz. – Tanlovga topşirilgan ijodiy işlar hakamlar tomonidan sinçkovlik bilan örganildi. Inson uyğonsagina özini anglaydi, özini taniydi.

Tanlovning Respublika bosqiçiga yetib kelgan iştirokçilarning har biri uçun bu jarayon öziga xos hayotiy maktab böldi. Zero, ijod yöliga qadam qöygan inson uçun eng muhimi – öz fikrini erkin ifoda etiş, izlanişdan töxtamaslik va öz ustida işlaşdir.
«Uyğoniş» tanlovi ana şu jihatlari bilan ham ahamiyatli. U yoşlarga öz sözini aytiş, ijodiy imkoniyatlarini sinab köriş va adabiyot olamida öz örnini topiş sari dadil qadam taşlaş imkonini berdi.
Tanlovning Respublika bosqiçida iştirokçilarning mehnati, intilişi va ijodiy izlanişlariga munosib baho berildi. Albatta, bunday bellaşuvlarda ğoliblik muhim. Ammo undan ham muhimroği – insonning öziga bölgan işonçini mustahkamlaşi, yangi maqsadlar sari intilişi va öz isteʼdodiga masʼuliyat bilan qaraşi.

Tadbirning eng hayajonli va quvonçli lahzalari, şubhasiz, ğoliblarni taqdirlaş marosimida namoyon böldi. Ğoliblarning yuzidagi quvonç, ularni qöllab-quvvatlagan yaqinlarining mamnunligi, ustozlar va taşkilotçilarning samimiy eʼtirofi bayramona muhitga özgaça fayz bağişladi.

Har bir mukofot ortida mehnat, izlaniş, sabr va işonç mujassam. Bugun ğoliblik şodligini his etayotgan yoşlar uçun bu natija yangi ijodiy marralar sari yöl oçişi şubhasiz. Zero, haqiqiy ijodkor uçun har bir erişilgan yutuq keyingi izlanişlarga turtki böladi.
Nazokat Usmonova,
Ahmadjon Ergaşev (surat),
ÖzA