Istanbul turk dunyosi kino sanʼati maydoniga aylandi
Istanbul şahrida anʼanaviy 6-Körqut Ota turk dunyosi kinofestivali boşlandi. Yuqori saviyada taşkil etilgan mazkur xalqaro anjuman turkiy xalqlar kino sanʼati, madaniyati va ijodiy salohiyatini bir maydonda namoyon etmoqda.
Tarixiy “Atlas-1948” kinoteatrida bölib ötgan tantanali oçiliş marosimida buyuk qirğiz adibi Çingiz Aytmatov hayotiga bağişlangan film namoyiş etildi. Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi şafeligida ötkazilayotgan festivalda turli mamlakatlaridan kelgan ijodkorlar – rejissyor, aktyor va madaniyat namoyandalari iştirok etmoqda.
Turk dunyosi kinematografiyasining muhim madaniy tadbirlaridan biriga aylangan festivalning ilk filmi – turkiy adabiyot va jahon maʼnaviy tafakkurining yirik namoyandasi Çingiz Aytmatov hayot yöli, ijodi va boy maʼnaviy merosi haqida hikoya qiluvçi kartina tomoşabinlarga unutilmas taassurot bağişladi.
Oçiliş marosimida sözga çiqqan nufuzli mehmonlar – Xalqaro kino uyuşmasi boşqaruvi aʼzosi, festival direktori Ehson Qobil, anjuman taşkilotçilari rahbari Nazif Tunç hamda madaniyat va turizm vaziri örinbosari Gökxon Yozği turk dunyosi kinematografiyasining muştarak madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, bunday bebaho merosni kelajak avlodga yetkaziş, şuningdek davlatlarimiz örtasidagi madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirişdagi örni va ahamiyatini alohida taʼkidladi.
Rang-barang musiqa va xalq raqslar ham yiğilganlarni rom etdi. Xususan, vazirlik huzuridagi Turk dunyosi musiqa va raqs ansambli badiiy dasturi doirasida turli hududlarga xos milliy kuy-qöşiqlar yangradi. Anʼanaviy ijrolardan iborat çiqişlar tadbir iştirokçilari tomonidan tinimsiz olqiş bilan kutib olindi. Uşbu milliy sanʼat namunalari muştarak madaniy ildizlar, döstlik va qardoşlik riştalarini yana bir bor yorqin ifoda etdi.

Tabiiyki, festivalda Özbekiston ham öz filmi bilan iştirok etmoqda. Rejissyor Dilşodbek Usmonov rahbarligida suratga olingan “Quyoş bolasi Yusuf” nomli ijod namunasi qisqa metrajli filmlar tanlovi dasturidan joy oldi. Mazkur kartina 4 va 6-noyabr kunlari soat 11:40 da Istanbul universiteti Kommunikatsiya fakulteti Metin Erkson kinoteatrida namoyiş etiladi.
Ijodkorlarimiz bunday yirik xalqaro festivalda iştirok etişi milliy kinematografiyamiz xalqaro miqyosda yanada tanilişi, özbek kino sanʼati yutuqlarini keng tarğib etiş hamda turkiy xalqlar örtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaş nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.
Boy madaniy dasturdan turli uçraşuv va muhokamalardan taşqari, 1-Xalqaro Körqut Ota kino simpoziumi, “Bözdoğ” kinostudiyasi ayvonlariga sayohat va boşqa köplab tadbirlar örin olgan.

Anjuman 7-noyabr kuni tantanali gala-keça va taqdirlaş marosimi bilan nihoyasiga yetadi.
Xullas, turk dunyosi muştarak madaniy merosini kino vositasida keng tarğib etişga qaratilgan 6-Körqut Ota turk dunyosi kinofestivali nafaqat kinematografiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, balki qardoş xalqlar döstligi, birdamligi va maʼnaviy yaqinligini yanada mustahkamlaş yölidagi muhim qadamdir.
Nodira Qayumova, ÖzA
Istanbul, Turkiya