9 Oktyabr tafsilotlari "Qisqa xabarlar"da
Bugungi dasturimizda O‘zbekistonning MDH doirasidagi tashabbuslari, parlamentlararo hamkorlik, yirik miqdordagi narkotik moddalar musodarasi.
Shuningdek, dasturimizda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari kengashining Turkmanistondagi sammitida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Tanzaniyaning Arusha shahrida davom etayotgan Parlamentlararo ittifoq (IPU)ning 153-assambleyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Buyuk Britaniya Parlamenti Jamoatlar palatasi Spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashuv o‘tkazdi.
DXX va IIO hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatidan kelgan “Cobalt” rusumli avtomashinaning gaz balloni ichiga yashirilgan 43 dona o‘ramdagi jami 41 kg 904 gr “opiy” moddasi musodara қилингани o‘rin olgan.
Nozimbek Mardonov,
Yoqubjon Meliboyev. O‘zA