Usmon Azimning peyzaj yaratish mahorati
Shahnoza JUMANOVA tadqiqotchi Qo‘qon davlat pedagogika instituti Qo‘qon, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning peyzaj yaratish mahorati haqida so‘z boradi. Shoirning muhabbat mavzusidagi baxshiyonalarida sof peyzaj lirikasi namunalari tahlilga tortiladi. Shoir tabiatdagi har bir bo‘lak – tog‘, dala, dasht, bog‘, sahro, qushlar, daryo, ko‘l, buloq, osmon, oy, yulduzlar – barcha-barchasini she’r ichiga poetik vazifa bajarish uchun mahorat bilan singdirib yuborganligi isbotlanadi.
Tayanch so‘zlar: obraz, motiv, peyzaj, lirik qahramon, ramz, metafora, estetik kategoriya, milliylik, axloqiy qadriyat, poetik ma’no.