Zamonaviy mediamatn tahririda lingvistik, pragmatik va vizual yondaşuvlar
Nargiza Abdukaxarovna MIRZAYEVA dotsent, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Toşkent, Özbekiston
Annotatsiya
Maqolada zamonaviy mediamatn tahririning nazariy va amaliy asoslari, uning öziga xos xususiyatlari hamda tahrir jarayoniga qöyiladigan asosiy talablar tahlil etilgan. Mediamatnning köp kodli va multimediaviy tabiatidan kelib çiqib, uni tahrir qilişda lingvistik, kompozitsion, stilistik, pragmatik va vizual jihatlarning özaro uyğunligini taʼminlaş masalalariga eʼtibor qaratilgan. Tahrir jarayonining tayyorgarlik, tahlil, tuzatiş va yakuniy variantni şakllantiriş bosqiçlari tavsiflangan. Şuningdek, mediamatnda uçraydigan leksik, grammatik, kompozitsion, uslubiy, faktologik va semantik xatolar hamda ularni bartaraf etişning samarali usullari yoritilgan. Zamonaviy media muhitida muharrir faoliyatining kommunikativ, pragmatik va vizual strategiyalari tahlil qilinib, mediamatn sifatini taʼminlaşda aniqlik, işonçlilik, uslubiy yaxlitlik, estetiklik va ijtimoiy masʼuliyatning ahamiyati asoslangan.
Tayanç sözlar: mediamatn, tahrir, muharrir, media tili, mediaformat, kommunikativ mezon, stilistik mezon, pragmatik mezon, lingvistik tahrir, vizual tahrir, tahrir strategiyasi, multimediaviylik, faktologik xato, mediaetika.