Urugvayda stadion tashqarisiga chiqib ketgan to‘p YTHga sabab bo‘ldi
Uchrashuv Montevideo shahridagi 1500 tomoshabinga mo‘ljallangan ANCAP Park stadionida bo‘lib o‘tgan.
Urugvay ikkinchi divizionida «Urugvay Montevideo» va «Paysandu» o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida stadion tashqarisiga chiqib ketgan to‘p sabab yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Uchrashuv Montevideo shahridagi 1500 tomoshabinga mo‘ljallangan ANCAP Park stadionida bo‘lib o‘tgan.
Bahs davomida to‘p stadion tashqarisidagi yo‘lga chiqib ketgan. Shu sababli bir nechta avtomobil haydovchilari keskin tormoz berishga majbur bo‘lgan va natijada YTH yuz bergan.
Avariya tufayli yo‘ldagi harakat taxminan 20 daqiqaga to‘xtab qolgan.
Shunga qaramay, uchrashuv davom ettirilgan va mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Yagona golni 37-daqiqada hujumchi Rodriges Kabral kiritgan.