«Arsenal» Viktor Osimhen transferi ustida ishlamoqda
Nigeriyalik futbolchi 2025-yil 31-iyulda «Galatasaroy»ga ko'chib o'tgan edi.
Londonning «Arsenal» klubi «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimhenning transferi bo‘yicha turkiyaliklar bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar «Arsenal» vingeri Gabriel Martinellining Istanbul klubiga ehtimoliy transferini muhokama qilish chog‘ida Osimhen masalasini ham ko‘rib chiqqan.
Biroq Angliya chempioni nigeriyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shish uchun amaliy harakatlarni boshlaydimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
27 yoshli Osimhen o‘tgan mavsum «Galatasaroy» safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nigeriyalik futbolchi 2025-yil 31-iyulda «Galatasaroy»ga doimiy ravishda o‘tgan. Transfer summasi 75 million yevroni tashkil etgan. Bu Turkiya Superligasi tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi.