Umidli sportchilar maskani
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi 2-sport maktabi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 6 iyundagi “Davlat sport-ta’lim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida yangidan tashkil etilgan.
Maktabning badminton, voleybol, basketbol, gandbol, regbi, futbol, o‘q otish, kamondan otish, qilichbozlik, dzyudo, og‘ir atletika, boks, taekvondo WTF, zamonaviy besh kurash, stol tennisi, tennis, erkin kurash, triatlon, velosport kabi 45 ta sport to‘garagida jami 3736 nafar o‘g‘il-qiz shug‘ullanmoqda.
O‘tgan 2022 yilda mazkur sport maktabi tarbiyalanuvchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakat hamda xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda jamg‘argan medallari soni jami 272 tani tashkil etdi. Shundan 59 tasi oltin, 54 tasi kumush va 137 tasi bronza medalidir.
[gallery-10668]
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA