Umarov Alisher Zokirovichning geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Amudaryo gidrologik rejimining daryo uzunligi va vaqt bo‘yicha o‘zgarishlarini baholash» mavzusida
Umarov Alisher Zokirovichning 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan «Amudaryo gidrologik rejimining daryo uzunligi va vaqt bo‘yicha o‘zgarishlarini baholash» mavzusidagi dissertasiya ishi himoyasi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.18/2025.27.12.Gr.02.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 8-oktabr soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72-uy, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zali