Zaripova Maftuna Bahrom qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Chet el adabiyoti namunalari asosida o‘quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirishning metodik asoslari (1-4 sinf darsliklari misolida)” mavzusida
Zaripova Maftuna Bahrom qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya) ixtisosligi bo‘yicha “Chet el adabiyoti namunalari asosida o‘quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirishning metodik asoslari (1-4 sinf darsliklari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 2-noyabr kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140100, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi,166-uy. Samarqand davlat pedagogika instituti.
Tel.: +998 (95) 826-82-12
e-mail: devonxona@samdpi.uz