Uganda 2,7 milliard yevrolik temir yöl loyihasini amalga oşirişga tayyorgarlik körmoqda
Uganda hukumati qiymati 2,7 milliard yevro bölgan yangi temir yöl loyihasini moliyalaştiriş böyiça kelişuvlarni 2027-yil yanvar oyida yakunlaşni rejalaştirmoqda.
Bu haqda mamlakat jamoat işlari va transport vaziri Fred Byamukama parlamentda maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Uzunligi 272 kilometr bölgan temir yöl Ugandani qöşni Keniyaning temir yöl tarmoği orqali Hind okeani sohilidagi Mombasa porti bilan boğlaydi. Mazkur loyiha ölkaning xalqaro transport yölaklariga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş va yuk taşiş samaradorligini oşirişga qaratilgan.
Temir yöl qurilişi böyiça 2024-yilda Turkiyaning “Yapi Merkezi” kompaniyasi bilan şartnoma imzolangan. Biroq moliyalaştiriş masalalari töliq hal etilmagani sababli asosiy quriliş işlari hanuz boşlanmagan.
Fred Byamukamaning taʼkidlaşiça, ayni paytda “Citibank” kömagida loyihani moliyalaştiriş manbalari şakllantirilmoqda. Tegişli kelişuvlar 2027-yil yanvarda yakunlangaç, pudratçi kompaniyaga quriliş işlarini boşlaş uçun rasmiy ruxsat beriladi.
Loyihaning yirik moliyaviy hamkorlaridan biri — Islom taraqqiyot banki 650,75 million yevro ajratişni maʼqullagan. Şartnomaga muvofiq, “Yapi Merkezi” kompaniyasi qurilişni rasmiy ruxsat berilganidan söng tört yil içida yakunlaşi lozim.
Şu bilan birga, Uganda hukumati temir yöl tarmoğini yana 1425 kilometrga kengaytiriş böyiça dastlabki işlarni boşlagan. Mazkur reja mamlakatni Janubiy Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi va Ruanda bilan temir yöl orqali boğlaşni nazarda tutadi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA