Uch bokschimiz yarim finalga chiqdi
Mo‘g‘uliston poytaxtida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida uch nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Mo‘g‘uliston poytaxtida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida uch nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Chempionatning chorak finalida vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan bokschimiz Xurshidbek Rasuljonov iroqlik Huseyn Abdulhadiga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi, 52 kilogrammgacha vaznda ishtirok etgan Mirzabek Mirzaxalilov yaponiyalik Shunnosuke Xirasukaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Shuningdek, 60 kilogrammgacha vazn toifasi mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan charm qo‘lqop ustamiz Rahmatillo Toshpo‘latov Janubiy koreyalik Subin Kimni yirik 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, qizlar o‘rtasidagi chorak final bellashuvlarida vakillarimizdan Saydiniso Muhammadalieva – Sinadjan Mari (Filippin), Sitora Turdibekova – Somnuek Panpatchara (Tailand), Navbahor Hamidova – Asel Sagatova (Qozog‘iston) bilan raqobatlashadi.