U-20 Jahon çempionati oldidan yurtimizda sport infratuzilmasi tekşiruvdan ötkazilmoqda
Mutaxassislar mundial uçraşuvlari ötkazilişi rejalaştirilgan asosiy stadion hamda iştirokçi terma jamoalar foydalanadigan maşğulot maydonlarini közdan keçirdi.
2027-yilda Özbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qiladigan FIFA U-20 Jahon çempionatiga tayyorgarlik doirasida sport inşootlarining xalqaro talablarga muvofiqligi örganilmoqda.
Mutaxassislar mundial uçraşuvlari ötkazilişi rejalaştirilgan asosiy stadion hamda iştirokçi terma jamoalar foydalanadigan maşğulot maydonlarini közdan keçirdi.
Örganiş davomida inşootlarning texnik holati, mavjud imkoniyatlari va FIFA talablariga javob berişi bilan boğliq jihatlar tahlil qilindi.
Şuningdek, stadionlar va maşğulot bazalarini takomillaştiriş, futbolçilar uçun zarur şaroitlarni yaratiş hamda musobaqaning taşkiliy jarayonlarini samarali yölga qöyiş masalalari muhokama etildi.
Mazkur işlar 2027-yilgi yoşlar örtasidagi Jahon çempionatini yuqori saviyada ötkazişga qaratilgan.