Superliga: «Andijon»da tarixiy an’anaga qarşi bahs, Ğuzorda voha derbisi, Navoiyda «Navbahor» imtihoni
Bugun Superligada 3ta bahs bahs bor.
Bugun, 7-noyabr kuni, Özbekiston Superligasining 27-turi doirasida uçta uçraşuv ötkaziladi. «Andijon» «Lokomotiv»ni, «Maş’al» «Surxon»ni, «Qizilqum» esa «Navbahor»ni qabul qiladi.
«Andijon» — «Lokomotiv»
🕓 16:00 | «Bobur arena»
«Andijon» Toşkentning «Lokomotiv» jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Mezbonlar 31 oçko bilan 10-örinda, «temiryölçilar» esa 40 oçko bilan 7-poğonada bormoqda.
Har ikki jamoa ötgan turni mağlubiyat bilan yakunlagan: «Andijon» safarda «Navbahor»ga 0:1, «Lokomotiv» esa öz maydonida OKMKga 1:2 hisobida yutqazgan.
Birinçi davradagi özaro uçraşuvda 3:3 hisobidagi durang qayd etilgan. Öşa bahsda «Andijon» safida Aleksandr Andronikaşvili, Dragan Çeran va Hamidullo Karimov gol urgan.
Jamoalar çempionat doirasida şu paytgacha 29 marta töqnaş kelgan. «Andijon» 5 ta, «Lokomotiv» 19 ta ğalabaga erişgan, yana 5 bahs durang bilan tugagan. Töplar nisbati — 31:58, Toşkent klubi foydasiga.
E’tiborli jihati, «Andijon» öz maydonida «Lokomotiv»ni sönggi bor 2010-yilda — 2:0 hisobida mağlub etgan.
«Maş’al» — «Surxon»
🕓 16:15 | Ğuzor markaziy öyingohi
Muborakning «Maş’al» jamoasi Ğuzorda «Surxon»ni qabul qiladi. Voha derbisi oldidan mezbonlar 4 oçko bilan 16-örinda, termizliklar esa 30 oçko bilan 12-poğonada joylaşgan.
«Maş’al» 26 uçraşuvda bir martadan ğalaba va durang qayd etib, 24 marta mağlub bölgan. Sönggi turda muborakliklar «Dinamo»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.
«Surxon» esa ötgan turda «Nasaf» bilan 1:1 hisobida durang öynadi. Tornike Dzebniauri 66-daqiqada termizliklarni oldinga olib çiqqan, 73-daqiqada Sardorbek Bahromov hisobni tenglaştirgan.
Termizliklarning çempionatdagi sönggi tört uçraşuvi durang bilan yakunlangan: «Qizilqum», «Xorazm» va «Buxoro»ga qarşi bahslarda 0:0, «Nasaf» bilan öyinda esa 1:1 natijasi qayd etilgan.
Joriy mavsumning birinçi davrasida «Surxon» «Maş’al»ni 2:1 hisobida mağlub etgan. 2025-yildagi ikki özaro bahs esa golsiz tugagan.
«Qizilqum» — «Navbahor»
🕡 18:30 | Navoiy
Kunning sönggi bahsida «Qizilqum» Namanganning «Navbahor» jamoasini qabul qiladi.
Namanganliklar 52 oçko bilan 3-örinda bormoqda. «Qizilqum» hisobida esa 35 oçko mavjud — «Dinamo»ning keçagi ğalabasidan söng navoiyliklar 9-poğonaga tuşgan.
«Navbahor» avvalgi turda Farğona vodiysi derbisida «Andijon»ni 1:0 hisobida yengdi. Undan oldin namanganliklar safarda «Xorazm» ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozongan edi.
«Qizilqum» esa sönggi ikki turda durang qayd etdi: öz maydonida «Lokomotiv» bilan 1:1, safarda «Qöqon-1912» bilan 0:0.
Birinçi davrada Namanganda ötkazilgan uçraşuv 1:1 hisobida yakunlangan. Ötgan mavsumda esa har ikki jamoa öz maydonida ğalaba qozongan: «Qizilqum» 3:2, «Navbahor» 1:0 hisobida ustun kelgan.