U-17 jahon çempionati: Özbekiston Italiyaga mağlub bölib, guruhda uçinçi örinni egalladi
Guruhning parallel uçraşuvida Kot-d’Ivuar terma jamoasi Yamaykani 3:1 hisobida mağlub etdi.
Qatarda ötkazilayotgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvini mağlubiyat bilan yakunladi.
Italiyaga qarşi maydonga tuşgan hamyurtlarimiz 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Italiyaliklar birinçi bölimdayoq uçta gol urib, katta ustunlikka ega böldi. Kazagrande 7-daqiqada hisobni oçgan bölsa, Kroçi 31-daqiqada farqni ikkitaga yetkazdi. Birinçi bölimga qöşib berilgan vaqtda Koriliyano uçinçi golni kiritdi.
Uçraşuvning 66-daqiqasida Rikkardo Kassano ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydonni tark etdi. Son jihatdan ustunlikka ega bölgan Özbekiston terma jamoasi 75-daqiqada Sadirjonovning goli evaziga hisobni qisqartirdi.
Guruhning parallel uçraşuvida Kot-d’Ivuar terma jamoasi Yamaykani 3:1 hisobida mağlub etdi.
Şu tariqa, Özbekiston terma jamoasi guruh bosqiçini bir ğalaba va ikki mağlubiyat bilan yakunlab, 3 oçko jamğardi.
U-17 jahon çempionati. E guruhi. 3-tur.
Özbekiston – Italiya 1:3.
Gollar: Sadirjonov (75) – Kazagrande (7), Kroçi (31), Koriliyano (45+2).
Qizil kartoçka: Rikkardo Kassano (66, Italiya).
Yamayka – Kot-d’Ivuar 1:3.
Guruhdagi yakuniy vaziyat:
| Terma jamoa | Öyin | Gollar | Oçko |
|---|---|---|---|
| Italiya | 3 | 11:2 | 9 |
| Kot-d’Ivuar | 3 | 6:4 | 6 |
| Özbekiston | 3 | 8:7 | 3 |
| Yamayka | 3 | 3:15 | 0 |
Musobaqa reglamentiga muvofiq, guruhlarda dastlabki ikki örinni egallagan 24 ta terma jamoa hamda uçinçi örindagi eng yaxşi sakkizta jamoa 1/16 finalga yöl oladi.
Özbekistonning töplar nisbati ijobiy (+1) ekani inobatga olinsa, hamyurtlarimizda pley-offga çiqiş imkoniyati saqlanib qolmoqda.